- Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar:
<aside>
🕋 Iymon va ruhiy holat
- 1. “Hayotingizda qaysi voqealar Allohga bo‘lgan iymoningizni mustahkamlagan?”
- (Javob uchun)
- 2. “Siz uchun Allohning rahmatini eng ko‘p his qilgan onlaringiz qaysilar?”
- 3. “Namoz yoki Qur’on o‘qigandan keyin o‘zingizni qanday his qilasiz?”
- 4. “Tafakkur va Allohning yaratgan mo‘’jizalarini kuzatish sizga qanday ta’sir qiladi?”
- 5. “Iymon bilan bog‘liq qaysi amallar sizga ichki xotirjamlik olib keladi?”
- 6. “Allohga tavakkul qilishda qaysi holatlar siz uchun eng qiyin bo‘lgan?”
📌 Xulosa savoli:
Qanday amallar sizning iymoningizni yanada mustahkamlashi mumkin?
</aside>
"Albatta, amallar niyatga bog‘liqdir." (Buxoriy, Muslim)
<aside>
✨ Oila va munosabatlar
- 1. “Oxirgi marta oilangiz yoki yaqinlaringizga qachon minnatdorlik bildirdingiz? Bu sizga qanday ta’sir qildi?”
- 2. “Oilangiz bilan birga bo‘lgan eng baxtli lahzalar qaysilar edi?”
- 3. “Farzandlaringizga qanday qadriyat va fazilatlarni singdirmoqchisiz? Hozir buning uchun qanday qadamlar tashlayapsiz?”
- 4. “Farzandlaringizning xatolariga qanday munosabat bildirasiz? Bu yondashuvni yaxshilash mumkinmi?”
- 5. “Sizning qanday odatlaringiz oiladagi muhitga ta’sir qiladi?”
- 6. “Qaysi paytlarda oilangizga e’tibor qaratish siz uchun qiyinlashadi? Nega bunday bo‘ladi?”
📌 Xulosa savoli:
- “Bugun oilaviy munosabatlaringizni yaxshilash uchun qanday kichik qadam qo‘ya olasiz?”
</aside>
«Sizlarning eng yaxshingiz — o‘z oilasiga yaxshi bo‘lganningizdir.» (Termiziy)
<aside>
📊 Karyera va moliya
- 1. Siz bajarayotgan ishingizdan zavq va mazmun topyapsizmi?
- 2. Karyerangizdagi qaysi vaziyatlar yoki erishgan natijalaringizni eng muvaffaqiyatli deb hisoblaysiz?
- 3. O‘tgan yillar davomida qancha ish yoki yo‘nalishlarni almashtirdingiz va ularning har biridan qanday saboq oldingiz?
- 4. Moliyaviy ahvolingizdan qanchalik mamnunsiz?
- 5. Siz moliyaviy maqsadlaringizni belgilashda islomiy qadriyatlarni (zakot, sadaqa, isrofgarchilikdan tiyilish) hisobga olyapsizmi?
📌 Yakuniy savol:
- «Bugundan boshlab moliyaviy yoki kasbiy holatingizni yaxshilash uchun qanday bir kichik qadam qo‘yishingiz mumkin?»
</aside>
«Sizlarning eng yaxshingiz — ilm o‘rganib, uni boshqalarga o‘rgatganingizdir.» (Imom Buxoriy)
<aside>
⏳ Shaxsiy rivojlanish va qiziqishlar
- 1. Siz qaysi yangi bilim yoki ko‘nikmalarni egallashni xohlagansiz, lekin hali boshlamadingiz?
- 2. Qaysi mashg‘ulot yoki faoliyat sizga eng katta zavq bag‘ishlaydi va nega?
- 3. Oxirgi marta qachon yangi narsalarni o‘rganayotganingizni yoki o‘zingizni rivojlantirayotganingizni his qildingiz?
- 4. Qanday fazilatlaringiz va ko‘nikmalaringiz sizga rivojlanishga va o‘sishga yordam beradi?
- 5. Qaysi odatlar yoki harakatlar shaxsiy rivojlanishingizga to‘sqinlik qilmoqda?
📌 Yakuniy savol:
- Agar o‘z ustingizda ishlash va qobiliyatingizni oshirish uchun biror kichik qadam qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, bu nima bo‘lardi?
</aside>
Kim ilm talab qilish yo‘liga yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi. Farishtalar tolibi ilmni qilayotgan ishidan rozi bo‘lgan hollarida qanotlarini qo‘yadilar. Olimga osmondagilar, yerdagilar, hatto suvdagi baliqlar ham istig‘for aytishadi. (Imom Muslim)
<aside>
🪫 Salomatlik va hordiq
- 1. Tanangiz sizning hayot tarzingiz haqida nima deyapti?
- 2. Qanday odatlar sizni yaxshi his qilishga yordam beradi?
- 3. Oxirgi marta qachon chin dildan dam olganingizni his qildingiz?
- 4. Qanday faoliyat yoki odatlar sizning ruhiy xotirjamligingizga salbiy ta’sir qiladi?
- 5. Siz stressni qanday boshqarasiz?
📌 Yakuniy savol:
- Salomatligingizni yaxshilash yoki dam olish sifatini oshirish uchun bugun nima qilishingiz mumkin?
</aside>
Sog‘liq va dam olish – sizning energiyangiz asosi.